«Lacetti» haydovchisi YTH oqibatida halok bo'ldi

0

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida katta tezlikda harakatlangan «Lacetti» qurilish ishlari olib borilayotgan ko'prik ustidan qulab tushdi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.

Ma'lum qilinishicha, tumanning Ushoqtepa qishlog'ida 8 oktyabr kuni tungi soat taxminan 2:00 da «Lacetti» avtomashinasi katta tezlikda harakatlangani tufayli ko'prikdan qulab tushgan. Oqibatda avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo'lgan.

Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo'limi tergov bo'linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

loading...