London politsiyasi 16 yoshli britaniyalikni qo'lga oldi. U odam o'ldirgan bo'lishi mumkin

0

London politsiyasi 16 yoshli britaniyalikni afg'onistonlik qochqinni o'ldirishda ayblab qo'lga oldi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.

Tuikenem tumanidagi istirohat bog'ida Hazrat Vali ismli 18 yoshli qochqin pichoq bilan hujumga uchragan. U olgan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etdi. Politsiya yaqin atrofdagi futbol va regbi o'ynayotgan guvohlar yordamida gumonlanuvchini qo'lga oldi. Qotillikning sabablari haqida ma'lumot berilmagan.

TASS

loading...