Xususiy aviakompaniya Toshkent-Moskva reyslarini amalga oshirishni boshladi

0

O'zbekistonning birinchi “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi Toshkentdan Moskvaga parvozlarni yo'lga qo'ydi.

Birinchi reys 14 oktyabr kuni amalga oshirilgan. A320-200 samolyotidagi parvozlar Vnukovo aeroportiga qo'nadi.

Jadvalga ko'ra parvozlar Toshkentdan haftaning payshanba va shanba kunlari bajariladi. Yaqin kunlardagi reyslar 21, 23, 28 va 30 oktyabr kuniga rejalashtirilgan.

Kompaniya birinchi Airbus A320 yo'lovchi samolyotini aprel oyida qabul qilib olgan edi. Yil oxiriga qadar aviatashuvchi qo'shimcha ravishda yana ikkita katta sig'imga ega Airbus A320ga ega bo'lishi lozim.

aviaport.ru

loading...