Ayrim vitaminlar saratonni yuzaga keltiradi

0

Amerikalik tibbiyot xodimlari B6, B12 vitaminlarini iste'mol qilish va o'pka saratonining yuzaga kelish xavfi o'rtasida bog'liqlikni aniqladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

B guruhiga kiruvchi vitaminlar qattiq charchoq, ko'z nurining xiralashishi, depressiya yoki nerv tizimi faoliyatining buzilishida yordam beradi.

Shu bilan birga, ular onkologik kasalliklarning rivojlanish xavfini yuzaga keltiradi. Ayniqsa, ular tamaki chekuvchi insonlar uchun xavfli. Vitamin qo'shimchalarini iste'mol qiladigan insonlar saratonga — 2 barobar, chekuvchilar esa 3—4 barobar ko'proq uchraydi.

Tadqiqot mualliflaridan biri, Ogayo shtati universitetining xodimi, dotsent Teodor Braskining ma'lum qilishicha, olimlar 77 ming kishiga taalluqli ma'lumotlarni tahlil qilib chiqqan. Ular B12 vitaminini iste'mol qilish, o'pka saratonining rivojlanishini 30 foizga, B6 esa 40 foizga oshirishini aniqlagan.

«Kuniga 55 mikrogrammdan ortiq B12 vitaminini iste'mol qilgan erkaklarda saratonning yuzaga kelish xavfi B guruhiga kiruvchi vitaminlarni ichmagan erkaklarga nisbatan 98 foizga yuqori bo'lgani kuzatildi», — deyiladi ilmiy ish natijalarida.

Avvalroq olimlar qanday mashqlar onkologiya xavfini kamaytirishini tushuntirib bergandi.

loading...