Beruvchi bo'lmasa, oluvchi bo'lmaydi

0

Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPXO 4-safarbar guruh katta inspektori katta serjant O'.Berdiyev 17 oktyabr kuni soat 08:00 larda Jarqo'rg'on tumanidan Qumqo'rg'on tumaniga harakatlanib borayotgan “GAZ 53” rusumli 75 X 523 AA davlat raqam belgili transport vositasi davlat raqam belgisini taqib yurish talablarini buzganligi uchun to'xtatib, haydovchidan tegishli xujjatlarini so'ragan.

 

Haydovchi shaxsini tasdiqlovchi va avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi xujjatlarini taqdim eta olmagan. YPX inspektori katta serjant O'.Berdiyev tegishli tartibda dalolatnoma tuzib, transport vositasini vaqtincha saqlash jarima maydoniga joylashtiradi. Oradan bir oz vaqt o'tib haydovchining akasiman deb o'zini tanishtirgan fuqaro Z. I YPX inspektori katta serjant O'.Berdiyevning yoniga kelib mazkur avtomashina boshqa shaxsning nomiga ekanligini, ukasi ishonchnomasiz boshqarib kelganligini, ukasiga nisbatan rasmiylashtirilgan bayonnomani yo'q qilib, trasport vositasini jarima maydonidan chiqarib berishini so'rab, evaziga 1 000 000 (bir million) so'm pora taklif qiladi.

 

O'z navbatida, YPX inspektori haydovchiga bu taklif – pora berish jinoyat ekanligini qayta-qayta tushuntiradi, ammo haydovchi unga to'xtovsiz pora taklif qilaverganidan so'ng haydovchiga nisbatan tegishli tartibda chora ko'rishni so'rab Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Shu kuning o'zida O'zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi hamda Jarqo'rg'on tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazilib, gumon qilingan shaxs Z.M Jarqo'rg'on tumani YPX maskanida xizmat olib borayotgan katta serjant O'.Berdiyevga xizmat yuzasidan biriktirilgan 75 267 VSF avtomashinasining oldiga kelib 970 ming so'm miqdordagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo'lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan hozirda fuqaro Z.M.ga nisbatan Jarqo'rg'on tuman Prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

loading...