Chorasizlik ixtiroga sabab bo'ldi

0

Xitoyda o'lim xavfi mavjud bo'lgan Menkes kasalligi bilan og'rigan bolaning otasi mustaqil ravishda o'g'liga dori yaratishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda South China Morning Post ma'lum qildi.

 

Ushbu kasallik o'sishning sekinlashishiga, asab tizimining anormalliklariga va sochlarning o'ziga xos buralib o'sishiga olib keladi, shuning uchun Menkes kasalligi «jingalak soch kasalligi» deb ham ataladi.

 

Bunday patologiyalar inson tanasida mis transportirovaniyasining buzilishi natijasida paydo bo'ladi – bu kasallikka chalingan bolalar bir necha yildan ortiq yashamaydilar.

 

«Biz bolani sekin rivojlangani uchun shifokorga ko'rsatdik. To'liq genetik tekshiruvdan o'tish uchun undan namuna olindi va u xastalik aniqlandi. Men barcha umidlarim yo'qqa chiqqanini his qildim, lekin taslim bo'lolmadim. Qanday qilib inson o'z farzandidan osonlik bilan voz kechishi mumkin?» – deydi bolaning otasi Syuy Vey (Xu Wei).

 

30 yoshli erkak, bolasida kasallik borligini bilib, avval uni davolash uchun har xil yechimlarni topishga uringan, ammo boshqa yo'l topolmay, o'zi eksperimental mis gistidin kislotasi dori-aminoni sintez qila olgan.

 

Shunday qilib, xitoylik ota faqat o'rta ma'lumotga ega bo'lgan holda, universitetda umumiy kurslarga o'qishga kirishadi va shu orqali u farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni va sifat nazoratini ta'minlashni o'rganadi. U yaratgan preparatning sanoat ishlab chiqarishining yuqori murakkabligi va qimmatligi tufayli uni uyda ishlab chiqarishga qaror qiladi.

 

Birinchidan, u preparatni kalamushlarda, keyin o'zida sinab ko'rgan va shundan keyingina o'g'liga bergan. Tekshiruv shuni ko'rsatdiki, dori o'g'lining qisman tuzalishiga yordam berdi. U tirik qoldi, lekin harakatlanishga va gapirishga qiynaladi.

loading...