Dilfuza Ismoilova hijobga kirmasligining sababini aytdi

0

«Katta kampir bo'lganimda «modniy» o'rayman», — deydi u

YouTube dagi «Chotki TV» loyihasiga bergan intervyusida hijobga kirmaganining sababini aytdi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, ro'mol o'rab, ko'ylak kiyib yurib, noto'g'ri ish qilishga qalbi yo'l qo'ymaydi. Xonanda uyida kuni bo'yi 30 pora Qur'on aylanishini aytdi.

«Alloh yoshligimdan qalbimda bo'lgan. Agar gap ro'molda, ko'ylakdan bo'lganda, bitta ro'mol emas, 10-15 ro'mol o'rardim. Ko'ylaklarimni ustma-ust kiygan bo'lardim. Shuni kiysam Jannatiy bo'lardim deb. Inson o'zi Jannatiy holda bo'lishi kerak. Sizning kiyimingiz, ro'molingiz hech narsa bermaydi. Ro'molni o'rab, ko'ylak kiyib yurib noto'g'ri ishlar qilib yurishni mening qalbim ko'tarmaydi. Kuniga 30 pora Qur'on aylanadi. Iymon-e'tiqodda o'tiramiz. Kiyimim bilan ishingiz bo'lmasin. Katta kampir bo'lganimda o'rayman. Unda ham ‘modniy’ o'rayman», — deydi u.

loading...