Emlanmagan harbiy xizmatchilar ishdan bo'shatildi

0

AQShda koronavirusga qarshi emlanmagan harbiy xizmatchilar ishdan bo'shatiladi. Bu haqda Qozog'istondagi COVID-19 tarqalishining oldini olish bo'yicha idoralararo komissiyasining Telegram-kanalida ma'lum qilindi.

 

AQShda 28 noyabrgacha koronavirusga qarshi emlanmagan harbiy xizmatchilar ishdan bo'shatiladi. Harbiy-dengiz kuchlari zaxirasida bo'lganlar 28 dekabrgacha emlanishlari shart. Hozirgda AQSh Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, dengiz flotining 94 foizi COVID-19 ga qarshi emlashning to'liq kursidan o'tgan.

 

Ukrainada davlat idoralari, asosiy sohalardagi korxonalar xodimlari, ijtimoiy ishchilar va pochtachilar koronavirusga qarshi emlanishi kerak. Sog'liqni saqlash vazirligi rahbari Viktor Lyashkoning aytishicha, kelajakda ro'yxatga mahalliy hokimiyat, kommunal xizmatlar, shahar muassasalari xodimlari kirishi mumkin.

 

Italiyada ish joyiga kirish uchun majburiy COVID sertifikatlari joriy etildi. Green pass elektron sertifikatlarini joriy etish to'g'risidagi qaror bir oy oldin tasdiqlangan. Italiyada aholining 80,8 foizi koronavirusga qarshi to'liq emlandi va aholining 85 foizidan ko'prog'i bir vaksinaning birinchi komponenti bilan emlandi.

loading...