Endi xorijliklarda o'zbekchani yanada tezroq o'rganish imkoni bor

0

Xorijiy mamlakatlarda yashayotganlar uchun o'zbek tilini o'rganish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

Xususan, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 2021-2022 o'quv yilidan ilk bor xorij talabalari uchun o'zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo'yicha masofaviy ta'lim shakli yo'lga qo'yildi. Bakalavr mutaxassisligiga 15 nafar, magistratura yo'nalishiga 50 nafar talaba suhbat asosida qabul qilindi.

Talabalar asosan AQSh, Rossiya, Polsha, Italiya, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Qozog'iston, Pokiston, Hindiston, Afg'oniston va boshqa davlatlar fuqarolari hisoblanadi. Shu yildan boshlab ular ilk bor o'zbek tili, adabiyoti va madaniyatini masofadan turib o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

loading...