Moskvada ommaviy mushtlashuvdan so'ng 20 nafardan ortiq migrant ushlandi

0

Moskvada mehnat migrantlari o'rtasida navbatdagi ommaviy mushtlashuv yuz berdi, deb xabar berdi REN TV.

Xabarda aytilishicha, politsiya mushtlashuvda ishtirok etgan 23 kishini qo'lga olgan.

Voqea Koptevo rayonida sodir bo'lgani aytilmoqda. Ma'lumot berilishicha, spirtli ichimlik ichish chog'ida yuzaga kelgan dahanaki janjal ommaviy mushtlashuvga aylangan.

Bir kishi pichoqlanib jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Politsiya tergovga qadar surishtiruv o'tkazmoqda.

15 oktyabr kuni Kuzminki rayonida 10 nafarga yaqin migrant ishtirokida mushtlashuv sodir bo'lgandi.

loading...