Osiyo Chempionlar ligasining barcha yarim finalchilari ma'lum bo'ldi

0

siyo Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

Shu tariqa, yarim finalga ikki mamlakatning to'rt jamoasi yo'llanma oldi. Jumladan, Janubiy Koreya klublari – “Ulsan” va “Poxang”, Saudiya Arabistonidan – “Al-Hilol” hamda “Al-Nassr” yo'llanma olgan.

Yarim finalda “Ulsan” – “Poxang” o'zaro to'qnash kelishsa, ikkinchi yarim final bahsida “Al-Nassr” – “Al-Hilol” bahsi bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, “Al-Nassr” safida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov to'p surmoqda. Yarim final uchrashuvlari 19-20 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

darakchi.uz

loading...