Oybek va Nigora ham prezidentlik saylovida ishtirok etishini ma'lum qildi

0

«Birgalikda biz butun O'zbekiston ekanimizni ko'rsataylik», — deydi xonandalar juftligi.

Xonandalar juftligi Oybek va Nigora 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishini ma'lum qildi.

Juftlik o'zining sahifasiga video joylab, unda barchani mazkur saylovda faol ishtirok etishga chaqirgan. Shuningdek, bu orqali O'zbekiston taraqqiyotiga hissa qo'shishga chorlagan.

 

«Biz yoshlar turli soha vakillari bo'lsakda maqsad va orzularimiz yagona. Jonajon vatanimiz taraqqiyotiga o'z hissamizni qo'shaylik va Prezident saylovida ishtirok etaylik. Birgalikda biz butun O'zbekiston ekanimizni ko'rsataylik», — deydi xonandalar juftligi.

loading...