“PSJ”ning uch nafar futbolchisi “Leypsig”ga qarshi o'ynamaydi

0

“PSJ” hujumchisi Neymar, yarim himoyachi Leandro Paredes va himoyachi Serxio Ramos jarohat tufayli “Leypsig”ga qarshi Chempionlar ligasining 3-turi doirasida o'ynamaydi.

Klub rasmiy sayti xabar berishicha, Neymar Braziliya terma jamoasi yig'inidan qaytib kelganidan so'ng belida og'riq his qilmoqda. Paredes esa Argentina terma jamoasi safida jarohat olgan. Ramos esa “PSJ”ga kelib qo'shilganidan buyon birorta uchrashuvda maydonga tushmagan. Ispaniyalik futbolchi jarohatini hamon tiklamoqda.

Eslatib o'tamiz, “PSJ” ertaga Chempionlar ligasi doirasida “Leypsig”ga qarshi bahsi Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

darakchi.uz

loading...