Qo'yliqda avtobus ishtirokida YTH ro'y berdi

0

Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Qo'yliqda avtobus ishtirokida YTH ro'y bergani haqidagi xabar yuzasidan ma'lumot berdi.

«Joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 19:30larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Farg'ona yo'lida haydovchi, 1999 yilda tug'ilgan A.X. boshqaruvidagi Lacetti hamda haydovchi, 1991 yilda tug'ilgan O'.O'. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobus va haydovchi, 1971 yilda tug'ilgan A.S. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobil ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan.

To'qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q. Transport vositalariga zarar yetgan», deyiladi xabarda.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...