Rossiyada 62 yoshli o'zbekistonlik erkakning jasadi topildi

0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 62 yoshli o'zbekistonlik erkakning jasadi topildi. Bu haqda «Nevskie Novosti» manbalariga tayanib «Bugun.uz» xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, erkakning jasadi o'z mashinasida ikki ko'cha chorrahasidagi hududda aniqlangan. Huquq-tartibot bo'linmalari dastlabki tergov natijalariga ko'ra, marhumning O'zbekiston fuqarosi ekani va ilgari sudlanmagani ma'lum bo'lgan.

 

Qayd etilishicha, mashinada jasad borligi haqida politsiyaga 11 oktyabr kuni soat 15:35 da xabar qilingan. Tashqi tekshiruvlar paytida jasadda qotillik izlari topilmagan.

loading...