Shahzoda qiz farzandi bo'lishini orzu qiladi

0

Biroq, yillar o'tgani sayin o'g'il bolalarni tarbiyalashning o'zi xos xususiyatlari borligini tushungan.

O'zbek estradasining yorqin yulduzlaridan biri Shahzoda bolaligidan qiz farzdandi bo'lishini orzu qilishini aytdi.

Xonandaning ta'kidlashicha, qiz farzand tarbiyalash uning orzusi bo'lgan. Biroq, unda birinchisi ham, ikkinchisi ham o'g'il tug'ilgan. Yillar o'tgani sayin o'g'il bolalarni tarbiyalashning ham o'zgacha xususiyatlari, afzalliklari borligini tushuna boshlagan.

«Doimo o'zimni taniganimdan buyon chiroyli qizaloqlarga onalik qilishni istaganman. Birinchi farzandim Salih tug'ilgan. Ikkinchisi ham o'g'il va bu yaxshi. Juda chiroyli va o'zgacha o'g'il — Xalid tug'ilgan. Alhamdulillah, menda ikki ajoyib o'g'il bor. Yillar o'tgani sayin o'g'il farzandlarga onalik qilishning o'zgacha jozibasi, o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari borligini tushuna boshladim. Men ona sifatida o'g'illarga ayollarni sevishni va hurmat qilishni o'rgata olaman. Bu haqiqiy erkak tarbiyalashning eng chiroyli imkoniyati. Bu juda mas'uliyatli vazifa va bizga bu vazifani uddalash imkoniyati berilgan», — deydi Shahzoda.

loading...