Vertolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor

0

Germaniyaning Bexen shahri yaqinidagi o'rmonga “Robinson R44” vertolyoti qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo'lgan. Bu haqda DPA xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, vertolyotning parchalangan qoldiqlari yuzlab metrlargacha sochilgan. Uning ayrim qismlari daraxtlar orasiga yopishib qolganligi aytilmoqda. Halok bo'lganlarning biri vertolyot qulagan joydan 50 metr uzoqlikdagi masofadan topilgan.

 

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar va politsiya xodimlari halok sabablarini o'rganmoqda.

loading...