Afg'onlar Evropa Ittifoqidan boshpana so'rashmoqda

0

Evropa Ittifoqidan boshpana so'ragan afg'onlar soni ortmoqda. Bu haqda YeIning boshpana agentligi ijrochi direktori Nina Gregoriy Funkega bergan intervyusida aytib o'tdi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, faqat Afg'oniston fuqarolari avgust oyida 10 mingga yaqin ariza topshirgan, bu rekord va iyul oyiga nisbatan 38 foizga ko'pdir.

 

«Boshpana so'rab murojaat qilish, asosan, Kobuldan evakuatsiya qilingan va Yevropada bo'lgan afg'onlar tomonidan amalga oshirilyapti», — dedi u.

loading...