Apple taqdimoti: yangi MacBook Pro, HomePod va AirPods (video)

0

Apple kompaniyasi katta taqdimot marosimini o'tkazdi. Marosimda uchinchi avlod AirPods simsiz quloqchinlari, yangi protsessorlari hamda yangilangan MacBook Pro’ni namoyish etdi.

Ma'lum qilinishicha, uchinchi avlod AirPods quloqchinlarida namlik va ter ta'siridan himoyalangan. Quloqchinlarning akkumulyatori hajmi oshirilgan hamda yangilangan dizaynga ega bo'ldi. Bundan tashqari, yangi AirPods “makon audiosi” va Dolby Atmos funksiyalari bilan jihozlangan.

Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, akkumulyator quvvati olti soat to'xtovsiz musiqa eshitishga yetadi. Keys bilan esa bu ko'rsatkich 30 soatgacha uzayadi. Bundan tashqari, AirPods 3 MagSafe simsiz quvvatlash funksiyasini qo'llab-quvatlaydi. Quloqchinlar narxi 179 dollar bo'lib, kelasi haftadan yetkazib berish boshlanishi kutilmoqda.

M1 Pro va M1 Max protsessorlari

Apple, shuningdek, o'zi ishlab chiqargan M1 Pro va M1 Max protsessorlarini namoyish etdi. M1 Pro 33,7 mlrd tranzistor va soniyasiga 200 gigabayt tezlikka ega 32 gigabaytli xotira bilan jihozlangan. M1 Max undan ko'ra kuchliroq. U 57 mlrd tranzistor, tezligi soniyasiga 400 gigabayt bo'lgan 64 gigabaytli xotiraga ega. Qayd etilishicha, M1 Max’ning xususiyatlari grafika bilan ishlaganda yanada sezilarli bo'ladi.

Yangilangan MacBook Pro

Bundan tashqari, taqdimotda yangilangan MacBook Pro namoyish qilindi. MacBook Pro 14,2 va 16,2 dyuymli displeylarda sotuvga chiqadi. Yonidagi romlar 26, yuqoridagi rom 60 foizga kichraygan. TouchBar o'rniga qator klavishlar joylashtirilgan, noutbuk MagSafe magnit quvvatlovchisi bilan jihozlangan. Shuningdek, avvalgi dizaynda olib tashlangan HDMI-tirqish yana qaytgan. Noutbuklarning qalinligi 17 va 15,5 millimetrni tashkil etadi.

MacBook Pro mini-LED displey bilan jihozlangan, unda bir marta quvvatlash orqali 17 soat to'xtovsiz film tomosha qilish mumkin bo'ladi. Noutbuk 30 daqiqa ichida 50 foizgacha quvvatlanadi.

14 dyuymli MacBook Pro narxi 2000, 16 dyuymlisiniki esa 2500 dollar bo'ladi.

gazeta.ru

loading...