Erdo'g'on: «Insoniyat taqdiri Ikkinchi jahon urushida g'olib bo'lgan “bir nechta”gina mamlakatlar marhamatiga, muruvvatiga qarab qolmasligi kerak»

0

Insoniyat taqdiri Ikkinchi jahon urushida g'olib bo'lgan “bir nechta”gina mamlakatlar marhamatiga, muruvvatiga qarab qolmasligi kerak, dedi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on.

Avval ham Erdo'g'on BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolarini “burchakka tiqib qo'yish” bo'yicha yo'l xaritasi mavjudligini ma'lum qilgan edi. Bunda u mazkur tashkilotda boshqa ishtirokchilarning ham huquqlarini kengaytirishni nazarda tutgan edi.

 

«Insoniyat taqdiri Ikkinchi jahon urushida g'olib bo'lgan bir nechtagina mamlakatning muruvvatiga qarab qolmasligi lozim. Dunyo o'zgarmoqda, diplomatiya, savdo, xalqaro munosabatlar tubdan qayta shakllanmoqda, Bunday sharoitda global xavfsizlik arxitekturasi avvalgiday bo'lib qolishini tasavvur qilib bo'lmaydi», – dedi Erdo'g'on Angola parlamentida so'zga chiqib.

 

Xabarda Turkiya rahbarining mazkur mamlakatga tashrif buyurgani aytilmoqda.

 

Turkiya yetakchisining fikricha, o'zgarayotgan vaqt talablariga quloq solmaslik «Ikkinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan status-kvo kelgusida ham saqlanib qolinishi qattiq himoya qilinayotganini bildiradi».

 

Shu bilan birga, Erdo'g'onning qo'shimcha qilishicha, «dunyo beshlikdan katta». Bunda u BMT xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari bo'lgan beshta mamlakatni nazarda tutmoqda.

loading...