Indira Miftahova nima sababdan to'ylarga chiqmasligini aytdi

0

«Bitta shu narsa mumkin emasdi», — deydi u.

Aktrisa, stendaper Indira Miftahova YouTube’dagi «Chotki TV» loyihasiga bergan intervyusida to'ylarga chiqmasligining sababini aytdi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, san'atkor bo'lishiga qaramay, otasi to'yga chiqishga ruxsat bermagan. Aktrisa unga faqat shu narsa mumkin bo'lmaganini ta'kidladi. Indira Miftahova hozir bu ta'qiq turmush o'rtog'i tomonidan qo'yilganini aytdi.

 

«To'ydan oldin ijodda bo'lsam ham, rahmatli otam to'yga chiqishga ruxsat bermasdi. Bitta shu narsa mumkin emasdi. To'ydan keyin turmush o'rtog'im ta'qiqladi», — deydi Indira Miftahova.

loading...