Kelgusi besh yilda internet tezligi besh barobar oshiriladi

0

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida internet texnologiyalari sohasida rejalashtirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

 

— Tez rivojlanib borayotgan shahrimizni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bugungi kunda shahrimizda deyarli har bir voyaga yetgan inson uyali telefondan keng foydalanmoqda, har bir xonadonga Internet jadal kirib bormoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kengaytirish – davr talabi. Kelgusi besh yilda shaharda Internet tezligini 5 barobarga, raqamli xizmatlar hajmini 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Ma'lum qilinishicha, «Raqamli Toshkent» va «Aqlli shahar» dasturlari amalga oshirilib, ular doirasida:

 

shaharda quriladigan har bir ko'p qavatli uy-joy, ta'lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa ob'yektlar yuqori tezlikdagi Internet tarmog'i bilan jihozlanishi shart bo'ladi;

mavjud 2 mingta tibbiyot tashkilotlari, bog'cha, maktab, oliygoh va mahalla idoralari yuqori tezlikdagi Internet tarmog'iga ulanadi;

barcha metro stansiyalari, avtobus bekatlari va boshqa jamoat joylari simsiz Internet tarmog'i bilan ta'minlanadi;

davlat xizmatlari va pensiya tizimi to'liq raqamlashtiriladi;

shahar aholisi uchun yagona tibbiy karta, tibbiy sug'urta va elektron resept axborot tizimlari ishga tushiriladi.

loading...