«Million»dagi Ma'ruf Nosirov to'yidan avval farzandli bo'lgani haqida aytib berdi

0

«To'yim 5 marta belgilanib, 4 marta qoldirilgan», — deydi u.

Aktyor, so'z ustasi, «Million» jamoasi vakili Ma'ruf Nosirov YouTube’dagi «Intervyu TV» loyihaciga bergan intervyusida to'yidan oldin o'g'illi bo'lgani haqida gapirdi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, to'yi belgilangan, kelin bilan nikoh o'qilgan payti buvisi vafot etgan. Shundan keyin onasi kelin bilan birga yashayverishini aytgan. Aktyor o'sha payti farzandli bo'lganini to'yi esa karantin va ammasining vafoti sababli yana ortga surilganini ta'kidladi.

 

«U kunlar boshqacha bo'lgandi. Onam bilan to'y taraddudida yurgan paytimiz ta'ziya bo'lib qolgan. U payti biz nikoh o'qitgandik. Meni katta qilgan buvim o'tib qolgan. To'yimni ko'rsin deb niyat qilgandim, lekin ulgurmadi. Bizda bir yil to'lmaguncha to'y qilmaganmiz. Onam xotining bilan yashayver, bitta o'zing yashama dedi. Keyin farzandli bo'ldik. Martda konsert bo'ladi. Aprelda to'yimni qilaman dedim. Karantin bo'ldi. To'ylar yopildi. 30 kishulikka ruxsat bergandan keyin avgustga belgiladik. To'y qilmasak bo'lmasdi, chunki bolam borligini deyarli hamma bilardi. Unda 30 kishilikka yuragim chopmadi. Keyin 24 oktabrga ko'chirdik. Hammaga yatib qo;yganman. San'atkorlar boramiz degandi. O'sha payti eng katta ammam o'tib qolgan. Amakim bilan onam 21 noyabrga belgiladik deb aytdi. To'ydan bir kun oldin bordim. Shunda ham qo'rqib. Beshinchisida o'xshadi. To'yim 5 marta belgilanib, 4 marta qoldirilgan. Muhimi baxtlimiz», — deydi aktyor.

loading...