Timsoh 8 yoshli qizni do'stlari ko'z oldida yeb qo'ydi

0

Indoneziyaning Buru oroli yaqinida timsoh 8 yoshli qizga hujum qilib, do'stlari ko'z oldida uni yeb qo'ydi. Bu haqda «Newsweek» nashri xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, sudraluvchi qizchaga do'stlari bilan daryoda cho'milayotgan paytda hujum qilgan. Boshqa bolalar suvdan tez chiqib ketishga ulgurgan. Shu bois jarohat olmagan.

Mahalliy aholi vakillari voqea joyiga yetib keldi va qizchaning boshini chaynayotgan yirtqichga nayza bilan zarba berdi.

Qayd etilishicha, bolalar suzayotgan daryo timsohlarga to'la bo'lgan.

loading...