Turkiy kengashga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklarining yuqori lavozimli xodimlari tashkilotning navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi

0

Bugun,  Istanbul (Turkiya) shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK, Turkiy kengash)ning Yuqori lavozimli mutasaddi xodimlar komissiyasining 29-yig'ilishi o'z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

8-19 oktyabr kunlari tashkilotga a'zo davlatlar – Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya va O'zbekiston, shuningdek, Turkiy kengash kotibiyati delegatsiyalari TTDHKning joriy yil noyabr oyida Istanbulda bo'lib o'tadigan navbatdagi sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlarini ko'rib chiqdi. Shuningdek, sammitga taqdim etishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalarini muhokama qildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 2019 yil oktyabr oyida Turkiy kengashning to'laqonli a'zosi bo'ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 15 oktyabr kuni TTDHKning Boku (Ozarbayjon) shahrida bo'lib o'tgan 7-sammitida ishtirok etdi.

loading...