Buxoroda maktab-internatning mas'ul xodimi korrupsion harakat ustida qo'lga olindi

0

15 oktyabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida yangi tashkil etilgan ayrim fanlar chuqur o'rgatiladigan ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktab-internatning mas'ul xodimi o'zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchiga kirib, vakolatli tanishlari orqali ushbu maktabga ishga joylashtirib qo'yishni va'da qilgan.

Buning evaziga maktab-internatning qorovuli orqali kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo'lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

iiv.uz

loading...