Gulruhbegim Tohirjonova AQSh milliy terma jamoasi tarkibiga kirdi

0

Bu haqda shaxmatchining opasi, O'zbekiston terma jamoasining sobiq a'zosi Hulkar Tohirjonova Facebook`dagi sahifasi orqali ma'lum qildi .

Gulruhbegim Tohirjonova ayollar o'rtasida bo'lib o'tgan AQSh chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Bu bilan o'zbekistonlik shaxmatchi AQSh milliy terma jamoasidan joy egalladi.

Ma'lumot uchun, Gulruhbegim Tohirjonova hozirda AQShda istiqomat qilmoqda.

Avvalroq, opa-singil shaxmatchilarning o'rtanchasi Hulkar Tohirjonova Olamsport.com saytiga bergan intervyusida singlisini AQShdagi Missuri universiteti sharafini himoya qilib, musobaqalarda ishtirok etayotganini ma'lum qilgan.

Hulkar Tohirjonova singlisi O'zbekiston fuqarosi ekanligini, lekin federatsiya o'zgarganini aytgan edi.

loading...