Mol go'shti va sabzavotlapdan ajoyib vengercha sho'rva

0

Mol go'shti va sabzavotlarga boy vengercha sho'rva inson salomatligi uchun juda ham foydali.

 

Kerakli mahsulotlar:

 

mol go'shti – 800-900 gramm;

un – 2 osh qoshiq;

o'simlik yog'i – 3-4 osh qoshiq;

piyoz – 2 dona;

sarimsoq – 3-4 bo'lak;

tomat pastasi – 2 osh qoshiq;

dafna bargi – 2 dona;

suv – 2 500 ml;

kartoshka – 4-5 dona;

sabzi – 2-3 dona;

bulg'ori qalampiri – 2 dona;

ko'kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

 

Mol go'shti bo'laklarga bo'linadi. Un bir choy qoshiq tuz va murch bilan aralashtiriladi. So'ngra go'sht ustidan sepiladi.

Tovada yog' qizdirilib, go'sht qizargunga qadar pishiriladi.

So'ngra go'sht alohida idishga olinib, tovada to'g'ralgan piyoz va selder 5-7 daqiqa davomida qovuriladi. Ustidan to'g'ralgan sarimsoq qo'shiladi.

Go'sht, qalampir kukuni, zira, tomat pastasi va dafna bargi qozonga solinib, ustidan suv quyiladi.

Taxminan bir yarim soat davomida qopqog'i yopilgan holatda qaynatiladi.

Qovurilgan piyoz, kartoshka, sabzi va bulg'ori qalampiri bo'laklarga bo'linib, bulonga solinadi.

Sabzavotlar yumshoq pishishi uchun yana 20-25 daqiqa qaynatiladi. Tayyor bo'lishiga 5 daqiqa qolgan tuz va ziravorlar sepiladi.

Dasturxonga tortishdan avval ko'katlar qo'shiladi.

loading...