Munisa Rizayeva tez ozganining sababini aytdi

0

Bu uning ovqatlanish ratsioniga bog'liq.

«Shuhrat» medali sovrindori Munisa Rizayeva hozirda yetarli darajada ozganini aytib, buning uchun nima qilganini aytdi.

 

Xonandaning so'zlariga ko'ra, ancha vaqtdan buyon non yemagan. Umuman olganda, u ovqatlanish ratsionidan non, xamirli taomlar va shirinliklarni butunlay chiqarib yuborgan.

 

«Ishonasizmi, ancha vaqtdan beri ilk bor non yeyapman. Buni juda sog'ingan edim, do'stlar. Usiz menga juda qiyin. Mana hozir kichkina bo'lak yeyapman. Chunki ovqatlanish ratsionimdan non, xamirli taomlarni, shirinliklarni butunlay olib tashlaganman. Dieta tutdim, yetarli darajada oza oldim», — deydi Munisa Rizayeva.

loading...