Myanmadagi to'ntarishda ayblanib hibsga olingan 5 ming mahbus ozod qilinadi

0

Myanma hukumatining ma'lum qilishicha, joriy yil fevraldagi harbiy to'ntarishga qarshi chiqqan 5 ming kishi ozod etiladi.
Harbiylar hokimiyatni egallagandan so'ng minglab kishilar hibsga olingandi.

Myanma armiya generali Min Aung Hlaingning aytishicha, 5 ming 600 nafardan ziyod mahbus insonparvarlik yuzasidan ozodlikka chiqariladi.

Janubi-sharqiy Osiyo millatlar birlashmasi (ASEAN), Min Aung Hlaing o'rniga siyosatchi bo'lmagan vakil taklif qilishga rozi bo'ldi. Aung San Suu Ki hukumatdan ag'darilgandan so'ng yuzaga kelgan to'qnashuvlar oqibatida kamida 1 ming 200 kishi halok bo'ldi, 7 ming 355 kishi hibsga olindi, – deya xabar beradi Siyosiy mahbuslarga yordam uyushmasi.

Generalning so'zlariga ko'ra “mahbuslar oktyabr oyi oxirida o'tkaziladigan buddistlar bayramida ozod etiladi”.
Ma'lumot o'rnida: o'tgan yil noyabr oyida o'tkazilgan saylovlarda Aung San Suu Ki boshchiligidagi Milliy demokratik liga partiyasi hukumatni mustaqil shakllantirish uchun yetarli ovoz olgandi. Generallar esa saylovlar natijalarini soxtalashtirilgan deb topdi.

Yangi parlamentning birinchi sessiyasi 1 fevral kuni boshlanishi kerak edi, ammo armiya deputatlarga ish boshlash imkonini bermadi va hokimiyat mamlakat qurolli kuchlari bosh qo'mondoni Min Aung Hlaing qo'liga o'tdi.

Xabarlarga qaraganda, general Min Aung Hlaing ASEANning ba'zi bir talablarini qabul qilishga rozi bo'lgan.

RBK

loading...