Rossiyada o'zbekistonlik 19 yoshli yigit «BMW»da politsiya xodimini urib yubordi (video)

0

Rossiyaning Qozon shahrida 19 yoshli yigit «BMW»da politsiya xodimini urib yubordi. Bu haqda Rossiya OAVsida xabarlar tarqaldi.

Ma'lum bo'lishicha, hodisa shu yil 17 oktyabr kuni sodir bo'lgan. Qora «BMW» politsiya xodimining to'xtash ishorasiga bo'ysunmay qochgan va uni xodimlar quvlagan. Tirbandlikka kelganda u qarama-qarshi yo'nalishda haraktlanib qochgan va shu vaqtda xodimlardan birini urib yuborgan.

Keyinchalik aniqlanishicha, rulda o'zbekistonlik 19 yoshli Humoyunmirzo Saidjonov bo'lgan. Haydovchi ushlangan. Ta'kidlanishicha, unga nisbatan avvalroq ham 21 ta bayonnoma tuzilgan bo'lgan.

loading...