Texasda yo'lovchi samolyotida yong'in chiqdi

0

AQShning Texas shtatida McDonnell Douglas DC 9-87 yo'lovchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar berdi KTRK-TV telekanali.

Ma'lumotlarga ko'ra, samolyot parvoz qilganidan so'ng yetarli balandlikka ko'tarila olmasdan keskin qo'nishni amalga oshirishi natijasida yong'in kelib chiqqan.

Uoller okrugi sherifi Troya Gidrining aytishicha, samolyotda 21 nafar yo'lovchi bo'lgan, halokat oqibatida qurbonlar bo'lmagani aytilmoqda.

Texas jamoat xavfsizligi departamentining ma'lumot berishicha, hodisa Hyuston aeroporti yaqinida yuz bergan.

TASS

loading...