Toliblar hukumat sifatida barcha standartlarga to'la mosligini e'lon qildi

0

Toliblar Afg'onistondagi vaziyat boshqa mamlakatlar xavfsizligiga tahdid solmasligi uchun olgan majburiyatlariga sobit ekanliklarini ham ta'kidlab o'tganlar.

«Tolibon» harakatining fikricha, ular xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg'onistonning qonuniy hukumati sifatida tan olinish uchun barcha zarur shartlarni bajargan.

Bu haqda Afg'oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttakiy bayonot berdi. Muttakiy toliblar delegatsiyasi tarkibida «moskva formati»dagi majlisda ishtirok etish uchun Rossiyaga yetib kelgan.

«Nega ular bizni rasman tan olmasligi kerak? Biz Afg'onistonning butun hududini nazorat qilamiz va barcha shartlarni bajardik, qolaversa, hukumat sifatida barcha standartlarga mos kelamiz», – degan Muttakiy jurnalistlarga.

loading...