Toshkentda 9 oy ichida jinoyatchilik darajasi ortdi

0

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasida ma'lum qilindi.

 

Ta'kidlanishicha, amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan qonunbuzilish holatlari ko'paymoqda.

 

“Jumladan, o'tgan davrda 11 196 ta jinoyat sodir etildi. Ularning 4 318 tasi fosh etildi. Xususan, firibgarlik jinoyatlari ortyapti”, – deyilgan poytaxt hokimligi xabarida.

 

Sessiyada har bir tumanda “jinoyat o'chog'i”ga aylangan og'ir mahallalar tanlab olinib, qo'shimcha kuch va vositalar ajratilgani ma'lum qilindi.

 

 

loading...