Turkiya 10 mamlakatdan o'z elchilarini chaqirtirib oldi

0

Turkiya tashqi ishlar vazirligi huquq himoyachisi Usmon Kavalani ozod qilish to'g'risidagi chaqiriqlar sababli 10 mamlakatdan elchilarini chaqirtirib oldi, deb xabar berdi «Deyli Hurriyat» nashri.

Manbalarning aytishicha, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Norvegiya, Yangi Zelandiya va AQShdagi elchilar bu mamlakatlar diplomatik missiyalarining Twitter’ida Kavalani ozod qilish to'g'risidagi chaqiriqlar joylashtirilganidan so'ng chaqirtirib olingan.

«Bizning mamlakatimizda ishlayotgan diplomatlarning Turkiya sud tizimiga ta'sir ko'rsatishga chaqirilgan bayonotlarini qabul qilib bo'lmaydi», — deya «Adolat va taraqqiyot» partiyasi matbuot kotibi Umar Chelikning bayonotidan iqtibos keltiradi gazeta.

Adliya vaziri Abdulhamid Gul diplomatlar o'zlari ishlayotgan mamlakat sud tizimini hurmat qilishlari shartligini ta'kidladi.

«Konstitutsiyamizga muvofiq, hech bir elchi bizning sudlarga maslahat yoki buyruq bera olmaydi», — dedi u.

Turkiyalik tadbirkor, huquq himoyachisi va mesenat Usmon Kavala 2017 yilda hibsga olingan. U 2013 yilda Gezi parkidagi daraxtlarni kesishda ayblangan. U bu ish bo'yicha oqlangan, ammo keyinroq 2016 yildagi davlat to'ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblangan.

interfax.ru

loading...