O'zgidromet Qamchiq dovonida qor yog'ishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

0

O'zgidromet joriy yil 21-22 oktyabr kunlari respublika hududlarida havo harorati keskin pasayishi, ayrim hududlarda yog'ingarchilik va kuchli shamollar bo'lishi haqida ogohlantirdi.

Xabarda aytilishicha, 22 oktyabr kuni respublikaning ayrim hududlarida havo harorati 3 daraja sovuqgacha pasayadi. Tog'larda qor yog'adi.

— 21 oktyabrdan 22 oktyabrga o'tar kechasi Qamchiq dovonida ob-havoning keskin yomonlashishi kutilmoqda — deydi “Qamchiqavtoyo'l” ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasining axborot xizmati xodimi Baxtiyor Normatov. — “Qamchiqavtoyo'l” IYFUK Ichki ishlar vazirligi va boshqa ixtisoslashtirilgan xizmatlar bilan hamkorlikda kutilayotgan noqulay ob-havo oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko'rgan. Ko'satilgan kunlarda dovon yo'liga otlanishni reja qilgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko'rib, safarga chiqishlarini tavsiya qilamiz. Agar juda zarurat bo'lmasa, safarni keyinroqqa qoldirishlari taklif etiladi.

loading...