Ayyorligi qo'l kelmadi (video)

0

O'zbekistonlik yuk avtomoblini haydovchi shaxs 531 ming dollarlik giyohvand moddasini sun'iy olmalar ichiga solib, Qirg'izistonga olib o'tayotganda ushlandi.

Ma'lum bo'lishicha, haydovchi ushbu moddalarni sun'iy olmalar ichiga solib olib o'tayotgan bo'lgan. Ularning og'irligi 10 ming 100 grammni tashkil qilgan. Ta'kidlanishicha, haydovchi DAF yuk mashinasida «Eron -Turkmaniston-O'zbekiston-Qozog'iston-Qirg'iziston» yo'nalishi bo'yicha harakatlanayotgan bo'lgan.

Ayni vaqtda Qirg'iziston IIV xodimlari tomonidan jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlash va ushlash bo'yicha tekshiruv o'tkazilmoqda.

loading...