“Chelsi”ning ikki markaziy hujumchisi jarohat oldi

0

Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Malmyo”ga qarshi bahsda londonliklarning ikki hujumchisi Romelu Lukaku va Timo Verner jarohat oldi.

Belgiyalik futbolchi birinchi bo'lim o'rtasida raqib futbolchisi bilan kurashdan keyin shikastlangan bo'lsa, Verner birinchi bo'lim yakunida maydonni tark etgan.

Hozircha futbolchilarning jarohati qay darajada jiddiy ekani noma'lum. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan keyin hammasi ayon bo'ladi.

 

 

loading...