Damashqda ikkita «mina» portlagan

0

Ma'lum qilinishicha, shaharning Rais ko'prigi yaqinida qo'yilgan ikkita “mina” portlagan. Bundan asosiy nishon Suriya armiyasi askarlari mingan avtobus bo'lgan. Portlash oqibatida 14 harbiy halok bo'ldi. Shuningdek, uch kishi og'ir yaralangani xabar qilinmoqda. Hozircha tinch aholi vakillari jabrlangani haqida ma'lumot yo'q.

 

Ba'zi manbalarda ta'kidlanishicha, uchinchi bomba portlamay qolgan. Uni armiya saperlari zararsizlantirishga muvaffaq bo'lgan. Mahalliy ekspert Husam Shuayb terakt erta tongda sodir etilganini aytgan. Bu vaqtda ko'cha gavjum bo'lgan.

loading...