Dilfuza Ismoilova qanday qo'shiqlar kuylay olmaydi?

0

«Bunday qo'shiqlarni aytishga uyalaman», — deydi xonanda.

Aktrisa, xonanda Dilfuza Ismoilova YouTube’dagi «Chotki TV» loyihasiga bergan intervyisida qanday qo'shiqlarni kuylashga uyalishini aytdi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, xonanda «o'ldim-kuydim» qo'shiqlarni aytishga uyaladi. U qo'shiqlarini o'zining xohishiga qarab yozdirishini ta'kidladi.

 

«Men bunday qo'shiqlar aytishga uyalaman. Lekin xalqga shu kerak. Biz 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlarga aytib berishimiz kerak-ku. ʼO'dim-qoldimʼ qo'shiqlarni hech qachon aytolmayman. O'zimga ep ko'rmayman. Past ketib ashula aytolmayman. Men bu narsani uyat deb bilaman. Tohir bilan ko'p talashaman. Menga bunday so'zlarni yozma deyman. Hozir o'zim aytganim bo'yicha yozdiryapman», — deydi xonanda.

loading...