Elizavetta II Shimoliy Irlandiya safarini bekor qildi

0

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II chorshanba va payshanba kunlari Shimoliy Irlandiyaga rejalashtirilgan safarini bekor qilish bo'yicha shifokor bergan maslahatni “istamay” qabul qildi. Hozir qirolicha Vindzor qal'asida dam olmoqda.
“Bu COVID-19 bilan bog'liq emas, – deya ta'kidlanadi saroyga yaqin manbada”, deb xabar bermoqda SNN.

Qirolicha Shimoliy Irlandiyaga bora olmasligidan xafsalasi pir bo'lgan, ushbu safar davomida bir qancha muhim qarorlar qabul qilinishi kerak edi.

Xabarda ta'kidlanishicha, qirolicha Shimoliy Irlandiya xalqiga samimiy ezgu tilaklarini yo'llagan va kelajakdagi tashrifini orzuqib kutayotganini bildirgan.

Elizavetta II bosh vazir Boris Jonson bilan birgalikda payshanba kuni Armag shahri cherkovida Irlandiyaning ikkiga bo'linishi va Shimoliy Irlandiya tashkil topishining 100 yilligiga bag'ishlangan marosimda ishtirok etishi kerak edi.

Irlandiya cherkov rahbarlar guruhi chorshanba kuni qilgan bayonatida, qirolicha qatnasha olmasligidan afsusda ekanligini ma'lum qildi. Shunga qaramay, qirolichaning oktyabr oyi oxirida Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo'lib o'tadigan COP 26 iqlim konferensiyasida ishtirok etishi kutilmoqda.

RBK

 

loading...