Farzand asrab olgan oilalarni soliqlardan ozod qilish taklifi bildirildi

0

Buni 20 oktyabr kuni Senatning yalpi majlisida Milliy gvardiya qo'mondoni Rustam Jo'rayev taklif qildi.

«Birinchi navbatda bolani mehribonlik muassasalariga topshirishdan oldin mahalla faollari, xalq ta'limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida bolani o'z oilasida qoldirish yoki yaqin qarindoshiga vasiylikka berish choralarini ko'rishlari shart», — dedi u.

U bola asrab olish muammolariga to'xtalar ekan, oila bolani o'zining farzandi deb qabul qila olmayotganini ta'kidladi.

«Lekin nimaga farzandlikka olish kam degan masalani o'rganayotganimizda muammo — to'lovlar, imtiyozlar, kvartiralar farzandlikka olinganidan keyin buning hammasi to'xtatiladi. Bolaga pul ham berilmaydi, kelajakda hattoki kvartira berish ham yo'q», — dedi Rustam Jo'rayev.

«Farzandlikka olganga ham qandaydir pul to'lovlari berilsa, bola asrab olish keskin ko'payib ketadi degan umiddamiz», — dedi u.

gazeta.uz

loading...