Ichak va oshqozonda ovqat yaxshi hazm bo'lmay, ich qotsa…

0

Ichak va oshqozonda ovqat yaxshi hazm bo'lmaydi, ich qotishi yuzaga keladi. Qanday yo'l tutsam bo'ladi?

✔️ Ich qotishi – najasning haftada uch martadan kam yoki qattiq holatda kelishi, har kuni ich kelganida ham to'g'ri ichakning pastki qismida tiqilish hisining paydo bo'lishi bilan namoyon bo'luvchi holat.

❇️ Sabablar: noto'g'ri ovqatlanish, tolali ozuqalarning yetishmasligi, suyuqlik iste'molining kamayishi, kamharakatlik, stress, homiladorlik, tana tuzilishining o'ziga xosligi, baland bo'ylilik, ya'ni uzun ichak.

✅ Tavsiyalar: kuniga 3-4 mahal ovqatlanish, ovqat tarkibida tolali mahsulotlar bo'lishi, kuniga 2-3 litr suyuqlik iste'mol qilish, mushaklar faoliyatini yaxshilash uchun jismoniy mashqlar bajarish, qorin sohasini soat strelkasi bo'ylab massaj qilish, donli, xamirli va xolesteringa boy mahsulotlar iste'molini kamaytirish, surunkali holatlarda esa gastroenterolog ko'ruvi talab etiladi.

 

loading...