Oilaviy «tadbirkorlik»ka putur yetdi

0

Buxoro viloyati G'ijduvon tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlari idoralari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Buktaroy mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug'ilgan M.M. o'zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etgani aniqlandi.

U qo'lbola usulda chigitdan olingan 100 litr paxta yog'ini 2.300.000 so'mga o'zga bir fuqaroga sotayotgan vaqtda qo'lga olingan.

 

Tadbir davomida mazkur shaxsdan 100 litr miqdordagi qo'lbola usulda chigitdan olingan juvoz yog'i va uskunalar ashyoviy dalil sifatida olib qo'yilgan.

 

Ushbu holat yuzasidan M.M. ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 186/2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

loading...