«Osmondagi bolalar» filmi qanday yaratilgan?

0

«Osmondagi bolalar» filmi haligacha xalqimiz tomonidan sevib tomosha qilinadi. Rejissyor Zulfiqor Musoqovdan filmning yaratilish tarixi haqida so'radik. Rejissyorning eslashicha, filmning yaratilishida asosiy tashabbuskor inson yozuvchi Murod Muhammad Do'st bo'lgan.

– «Osmondagi bolalar» filmining g'oyasini o'sha paytdagi «O'zbekkino» rahbari Murod Muhammad Do'st Rixsivoy aka va menga «shu yoshlar to'g'risida bir film yaratsangiz, yaxshi bo'lardi», degan edi…

O'shanda ikki xaftadan keyin ssenariy tayyor bo'luvdi. Hozir eslash qiyin, tasvirga olish jarayonida qiziqarli voqealar kup bo'lgan. Filmdagi voqealar esa asosan hayotdan olingan. Bo'lgan voqealar ko'p. Masalan, mashinaning avariya bo'lib dabdala qilinishi o'g'limning hayotidan olingan. Qisman hamma qahramonlarning hayotidan ozgina-ozginadan olingan.

Filmdagi qahramonlarni tanlov asosida topganmiz. Badiiy kengash va shaxsan Murod Muhammad Do'stning o'zi aynan shu to'rtlikka oq fotiha bergan, deya eslaydi Zulfiqor Musoqov.

 

loading...