Qashqadaryoda 9 yil oldin erkakni o'ldirib, jasadini ko'mib tashlagan bir guruh shaxslar ushlandi

0

Qashqadaryo viloyatida bundan 9 yil oldin, ya'ni 2012 yilning 24 yanvarida Koson tumani, “Qorabo'yin” mahallasida yashagan T.G'. bedarak yo'qolgani ma'lum bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, fuqaro Neksiya-2 avtomashinasida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan. Uning mashinasi Samarqand viloyatidan topilgan. Shundan so'ng jinoiy ish qo'zg'atilgan va oradan 9 yil o'tib ushbu jinoyatni sodir etganlar topilgan. Ular M.O., T.A. va D.S. ekani aniqlangan. Ushbu bir guruh fuqarolar T.G'.ni o'ldirib, Chiroqchi tumani, “Sho'rbozor” mahallasidagi dala maydoniga ko'mib tashlagan.

3 nafar shaxsning barchasi ushlangan va ular hibsga olingan. Ularga nisbatan JKning 97-moddasi bilan ayb e'lon qilingan. Tergov olib borilmoqda.

loading...