Qimmatbaho metallni 500 ming dollarga pullamoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi

0

Xorazm viloyati Urganch shahrida qimmatbaho metallni 500 ming dollarga pullamoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi.

Ma'lum bo'lishicha, bojxona xodimlari og'irligi 1 kg. 22 gr.ni tashkil qiluvchi 1 dona platina quymasini va salkam 514 gr. og'irlikdagi zaharli simob moddasini sotishga uringan vaqtda ushlangan. Fuqaro platina quymasini 30 ming dollarga, simobning har bir gramini 1000 dollardan hisoblab sotmoqchi bo'lgan.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

loading...