Qobulda ayollar Tolibonlarga qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi

0

Afg'oniston poytaxti Qobulda 30 ga yaqin ayol norozilik namoyishiga chiqqan. Tolibon ularni to'xtatishga urinib, surat yoki videoda tasvirga olayotganlar jurnalistlar kaltaklagan.

Avvalroq Tolibon a'zolari islom doirasida ayollar huquqlarini himoya qilishga va'da bergandi. Ular, shuningdek, ayollar ishlashi va ta'lim olishi mumkin bo'lgan maxsus qoidalarni ishlab chiqishlarini e'lon qilishgan edi.

olamon Tashqi ishlar vazirligi binosi yonida to'planishdi, lekin tolibonlar tomonidan tarqatilgandan keyin ular boshqa ko'chagalarda norozilik nomoyishiga chiqishdi.

Avgust oyida Tolibon Afg'oniston hukumat kuchlariga qarshi AQSh qo'shinlarini olib chiqib ketayotgan paytda hujum boshladi. Yoz oxirigacha G'arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg'onlar ommaviy ravishda mamlakatni tark etishdi. Sentyabr oyi boshida Tolibon muvaqqat hukumat tarkibini e'lon qildi.

TASS

loading...