Toshkentda to'rt kishi bankomatdagi pulni o'g'irladi

0

Olmazor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko'ra, 9 oktyabrdan 10 oktyabrga o'tar kechasi noma'lum shaxslar banklarning birining bankomatini ochganlar.

 

So'ngra undan ichida 396.300.000 so'm bo'lgan 3 ta qutini olib ketishgan. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O'g'rilik) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.

 

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar – 25 yoshli Abdusamad A., 28 yoshli Murodjon A., 26 yoshli Ulug'bek A. va 25 yoshli Muzaffar M.lar qo'lga olindilar. Tergov davom etmoqda.

loading...