Yuragim tez urib, nafas olish qiyinlashsa…

0

✅ Sog'lom odamda yurak bir daqiqada 60-80 tagacha qisqaradi. Yurak urishining tezlashishiga nafaqat kasalliklar, balki kuchli hayajon, jismoniy mashqlar, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, issiq havo, achchiq choy, kofe, energetik ichimliklar ham ta'sir ko'rsatadi. Fiziologik yurak urishining tezlashishi o'rtacha 5-7 daqiqada yana me'yoriy holatga qaytadi.

 

📍Yurak urishining tezlashishi yurakka tushayotgan zo'riqishdan dalolat beradi. Bunga qalqonsimon bez kasalliklari, zaharlanish, jarohatlar, shok holatlari, infarkt, yurak ishemik kasalliklari, stenokardiya sabab bo'ladi.

 

❗️Bunda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish va davo muolajalarini boshlash lozim.

 

 

loading...